About Muhammad Yusuf she'rlari
Atoqli shoirimiz Muhammad Yusuf o'zining benazir qo'shiqlarga aylangan she'rlari bilan o'zbek xalqning beqiyos hurmatiga va muhabbatiga sazovor bo'lgan. U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlarning, o‘nlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan.
«Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) kabi to'plamlar hozirgacha sevib o'qiladi.
Muhammad Yusuf «Men o‘z bilganimdan qolmadim» she’rida she’r va shoirlikni shunday anglaydi.
Quvroq bo‘l deyishdi. Yolg‘on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko‘rdim, qorani - qora
Men o‘z bilganimdan qolmadim.
Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.